Шахзода

Ijozat ber

  uzbek  pop  uzbekiistan
812 3 часа назад

Текст песни Шахзода - Ijozat ber

Шахзода - Ijozat ber слова песни

Sokin yelar qaygʻu koʻzlaringdan,
Tinmay eslab, orzu – yuragingda,
Bejon endi sevging xayolingda,
Tinmay meni roʻyodan izlaysan.

[naqorat]
Ijozat ber, har dam orzularingda yashay,
Ijozat ber, tunlari yulduzing men boʻlay!
Unutib bilmaysan,
Orzudan tonmaysan,
Nega ojiz yuragingni
Buncha qiynaysan?

Ijozat ber, tushlaringda mehmoning boʻlay,
Ijozat ber, har dam orzularingda qolay!
Sevishdan tinmaysan,
Orzudan tonmaysan,
Tushungin, axir oʻzgada yuragim,
Bilmaysan…

Har on sevgi, orzu shahridasan,
Xayol ichra baxting qasridasan,
Qanday senga soʻzlarim yetkazay?
Faqatgina orzuingda yashay!
Mahzun tunlar orzu xayolingda
Ma`yus yigʻlar,
Qaygʻu - koʻzlaringda.
Bejon endi sevging xayolingda,
Tinmay meni roʻyodan izlaysan.

[naqorat]
Ijozat ber, har dam orzularingda yashay,
Ijozat ber, tunlari yulduzing men boʻlay!
Unutib bilmaysan, orzudan tonmaysan,
Nega ojiz yuragingni buncha qiynaysan?

Ijozat ber, tushlaringda mehmoning boʻlay,
Ijozat ber, har dam orzularingda qolay!
Sevishdan tinmaysan, orzudan tonmaysan,
Tushungin, axir oʻzgada yuragim, bilmaysan...

Другие песни Шахзода:

Шахзода - Kerak emas
3 часа назад 795 (не задано)
Шахзода - Layli va Majnun
день назад 738 (не задано)
Шахзода - Meni o'ylama
день назад 927 (не задано)
Шахзода - Navro'z
3 часа назад 1,107 (не задано)
Шахзода - Ne uchun
день назад 772 (не задано)